Maxfiylik siyosati
1. Kim biz
KOSMOS — ikkilamchi xomashyo yig'ish va sotish bizneslari uchun boshqaruv ilovasi.
Ilova egasi va ma'lumotlarni qayta ishlovchi: Hojiakbar Azizibloyev (jismoniy shaxs), O'zbekiston. Aloqa ma'lumotlari — pastda.
2. Qanday ma'lumot yig'iladi
- Shaxsiy ma'lumotlar (ro'yxatdan o'tishda): ism, familiya, telefon raqami. Ixtiyoriy: tug'ilgan kun va profil rasmi. Yetkazib beruvchilar uchun: mashina nomi va davlat raqami.
- Boshliq kiritgan yetkazib beruvchi ma'lumoti: ilovada akkaunti bo'lmagan yetkazib beruvchining ismi va telefon raqamini biznes Boshlig'i o'zi kiritishi mumkin — bu ma'lumot faqat o'sha biznes ichida, yuk va qarz hisobi uchun ishlatiladi.
- Biznes yozuvlari: qabul qilingan va sotilgan materiallar, og'irlik, narx, to'lovlar, qarzlar, xarajatlar, kassa harakatlari, ogohlantirishlar va Faoliyat jurnali. Har bir yozuvda uni kim va qachon kiritgani saqlanadi.
- O'zgarishlar tarixi: yozuv tuzatilganda yoki bekor qilinganda eski va yangi qiymat, kim va qachon o'zgartirgani saqlanadi — hisobning to'g'riligi va xatolarni aniqlash uchun.
- Rozilik: siz ushbu siyosatga qachon va uning qaysi versiyasiga rozilik berganingiz saqlanadi.
- Texnik ma'lumotlar: qurilma turi (Android/iOS), qurilma modeli, ilova versiyasi va qurilma belgisi. Belgini ilovaning o'zi yaratadi — bu telefonning haqiqiy raqami (ID) emas. Bular "Kirgan qurilmalarim" ro'yxati va hisobingiz xavfsizligi uchun kerak. Bildirishnoma yuborish uchun texnik belgi ham saqlanadi.
- Xato kirishlar: kod yoki telefon raqami noto'g'ri kiritilganda hisobni buzib kirishdan himoya qilish uchun qurilma belgisi va IP manzil vaqtincha (qisqa muddat) saqlanadi.
- Yig'ilMAYDI: pasport, haydovchilik guvohnomasi, joylashuv (GPS), telefon kontaktlari, bank kartasi raqamlari.
- Ilova paroli (PIN yoki chizma) faqat telefoningizda, shifrlangan holda saqlanadi va hech kimga yuborilmaydi.
3. Nima uchun ishlatiladi
Faqat ilova ishlashi uchun: hisobni yuritish; ombor, qarz va foydani hisoblash; xato va kamomadlarni aniqlash; bildirishnomalar yuborish; kirishni himoyalash.
Ma'lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi va hech kimga sotilmaydi.
4. Ma'lumotni kim ko'radi
- Faqat siz a'zo bo'lgan biznes ichidagi odamlar, rolga qarab: Boshliq biznesning barcha yozuvlarini ko'radi; xodimlar — faqat o'z vazifasiga kerakli qismini; yetkazib beruvchi — faqat o'z yuklarini.
- Boshqa bizneslar sizning ma'lumotingizni ko'rmaydi.
- Uchinchi tomon xizmatlari (faqat zarur qismi): bildirishnomalar uchun Google Firebase. Ilova xatolarini tuzatish uchun Google Firebase Crashlytics: ilova kutilmaganda yopilganda qurilma modeli, tizim va ilova versiyasi hamda xato tafsiloti yuboriladi (ism, telefon va biznes yozuvlarisiz). Valyuta kursi O'zbekiston Markaziy bankidan olinadi — bunda sizning ma'lumotingiz yuborilmaydi.
- Qonunda belgilangan hollarda — vakolatli davlat organlariga.
5. Qayerda va qancha saqlanadi
- Ma'lumotlar serverda saqlanadi. Internet yo'q paytda kiritilgan yozuv yuborilguncha vaqtincha telefoningizda turadi.
- Server Germaniyada joylashgan (Hetzner ma'lumotlar markazi). Germaniya — O'zbekiston qonunchiligiga ko'ra shaxsga doir ma'lumotlarni o'tkazish mumkin bo'lgan davlatlar ro'yxatida. Aloqa shifrlangan (HTTPS).
- Zaxira nusxalar shifrlangan holda ikkinchi kompaniya — Backblaze bulutida (Yevropa Ittifoqi) ham saqlanadi va 10 kundan keyin o'chiriladi.
- Ma'lumotlar hisobingiz faol ekan saqlanadi. Hisobni o'chirishni so'raganingizdan keyin 7 kun kutiladi. Shu vaqt ichida kod va telefon raqami bilan kirsangiz, o'chirish bekor bo'ladi. 7 kundan keyin ism, familiya, telefon raqami, tug'ilgan kun va rasm o'chiriladi.
- Biznesning moliyaviy yozuvlari hisob to'g'riligi uchun saqlanib qoladi, lekin ularda sizning shaxsingiz ko'rsatilmaydi.
6. Sizning huquqlaringiz
- Ma'lumotlaringizni ko'rish va tuzatish — ilovada "Mening profilim" orqali.
- Hisobingizni o'chirish — ilova ichida: Sozlamalar → "Hisobni o'chirish" (batafsil — Hisobni o'chirish sahifasida).
- Ma'lumotlaringiz qanday ishlatilayotgani haqida savol berish.
Murojaatlarga 15 kun ichida javob beriladi.
7. Kimlar uchun
KOSMOS — ish uchun mo'ljallangan ilova: undan biznes egasi va uning xodimlari ish yozuvlarini yuritish uchun foydalanadi. Ilova 18 yoshga to'lmaganlar uchun emas.
8. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, yangi matn ilovada va shu sahifada ko'rsatiladi; muhim o'zgarishlarda rozilik qayta so'raladi.
Aloqa
Telefon: +998 97 555 66 07
Email: azizibloyevhojiakbar@gmail.com
Telegram: t.me/hojiakbar_oo5